So’nggi yangiliklar

23:12Шавкат Мирзиёев - Ўзбекистон Миллий Олимпия қўмитаси президенти, Отабек Умаров эса 1-вице президент! 0 18:43Билол Муҳаммад ҳозирги ҳолати ҳақида гапирди 0 18:22"Анкалаевни нокаут қилишни истайман"- Жамал Хилл 0 18:01"Реал" "Ливерпуль"га қарши ўйин олдидан жиддий йўқотишга учради 0 17:40Тайсон Фьюри: "Камарлар яна меники бўлади" 0 17:19Умар Двалишвилининг Ян билан жанг қилиш истаги ҳақида — "Ҳайрон қолмадим" 0 16:58Шавкат Раҳмонов октагонга чиқадиган UFC 310 турнирининг тўлиқ карди маълум 0 16:37Футбол тарихидаги энг яхши 10 нафар сардор 0 16:16Қозоғистон бокс терма жамоаси мураббийи: "Асосий рақиб - Ўзбекистон!" 0 15:55Мераб Двалишвили: "Петр Ян энг муносиб даъвогар!" 0 15:34Тошкентда ўтадиган Octagon 68 турнирининг марказий жанги эълон қилинди 0 15:13Сервер Жепаров нима учун Европада ўйнаш насиб қилмаганини тушунтирди + ВИДЕО 0 14:52Бивол - Бетербиев реванш жангининг эҳтимолий санаси айтилди 0 14:31Ёш стол теннисчиларимиз жаҳон чемпионатида иштирок этишмоқда 0 14:10"Қанақа одамсан?" Двалишвили Умар Нурмагомедовга жавоб қайтарди 0

22 okt 11:52
Yangiliklar

Tokio-2020

FOTO O'zbekistonlik OAV xodimlari Olimpiya hamda Paralimpiya o'yinlari uchun qurilayotgan inshootlar bilan tanishdi

Xabaringiz bor, keyingi yil Yaponiya poytaxti Tokio shahri XXXII yozgi Olimpiya hamda XVI Paralimpiya o'yinlariga mezbonlik qiladi.

Ushbu musobaqalar uchun O'zbekistondan ham eng sara atletlarimiz licenziyalar qo'lga kiritishda davom etmoqda.

Sportchilarimiz va ularning murabbiylari, delegaciyamiz azolari, shuningdek, OAV xodimlari uchun Tokio-2020 tashkilotchilari tomonidan olib borilayotgan tayyorgarliklar va sport obektlarining qurib bitkazilish jarayonlari o'zbekistonlik jurnalistlarga ham dunyoning 200 dan ortiq davlatidan kelgan hamkasblari qatori tanishtirilib, ular haqida malumot berildi.

Malumki, 2018 yil 28 feral kuni butun dunyo XXXII yozgi Olimpiya hamda XVI Paralimpiya o'yinlarining rasmiy ramzlarini bilib olgan edi.

Yaponiya poytaxtida o'tkazilayotgan 2nd World Press Briefing Tokyo 2020 brifingi doirasida Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasining maxsus kengashi ramzlar qanday tanlangani haqida batafsil malumot berdi.

Unga ko'ra, musobaqa ramzlari ovoz berish yo'li bilan aniqlangan. Dastavval Olimpiya hamda Paralimpiya o'yinlari uchun o'z variantlari bilan kelgan dizaynerlar soni 2000 dan ortiq bo'lgan, yakuniy bosqichda esa ularning uch nafari qolgan. SHundan so'ng tanlovga olimpiada ramzlarini aniqlash tarixida ilk bor maktab o'quvchilari jalb qilingan.

Yaponiyadagi 17 ming boshlang'ich talim muassasalari o'quvchilari 109 ming ovoz bilan dizayner Ryo Taniguchi taklif etgan ramzlarini maqullashgan.

MIRAITOWA – mazkur dastlabki Olimpiya o'yinlari ramzining so'zma so'z tarjimasi “mirai” – “kelajak”, “towa” – “boqiylik” manolarini anglatib, “o'tmishdan saboq oling va yangi g'oyalarni ishlab chiqing” — yapon maqolidan ilhomlangan holda yaratilgan. U Ido davriga oid Ichimatsu naqshlari bilan bezalgan, va bu hurmatga sazovor ananalar va yapon madaniyatining zamonaviy innovaciyasi hisoblanadi.

20180722-olympic-mascots-rtr.jpg

SOMEITY – ushbu ikkinchi ramz esa Paralimpiya o'yinlari uchun ishlab chiqilgan bo'lib, tashqi ko'rinishida oq-pushti katakchalar, bosh qismida sakura gullari alohida ahamiyatga ega sanaladi. Uning nomi yaponlar orasida eng mashhur gilos turi bo'lmish “Someiyoshino” va “so mighty” – “juda kuchli” so'zining qo'shilmasidan vujudga kelgan. Someity bazan aqliy hamda jismoniy imkoniyatlari chegaralanganligiga qaramasdan paralimpiya sportchilarining istalgan to'siqlarni engib o'tishini isbotlovchi ramz sifatida ifodalangan.

Tokioda o'tkazilayotgan 2nd World Press Briefing Tokyo 2020 doirasida ishtirokchilar XXXII yozgi Olimpiya hamda XVI Paralimpiya o'yinlari o'tkaziladigan sport inshootlarining tayyorgarlik holati bilan ham tanishish uchun bevosita obektlarga olib borildi.

Tashkiliy qo'mita tomonidan turning birinchi obekti sifatida Tokioning qum bilan ko'tarilgan qismidagi yangitdan barpo etilayotgan Tokyo Aquatics Centre bo'ldi.

photo5294006140096588930.jpg

Majmua er osti qismini inobatga olmaganda 4 qavatdan iborat bo'lib, 15000 tomoshabinga mo'ljallangan. 65 ming kvadrat metr maydonni egallagan inshoot 2020 yilning fevralida topshirilishi rejalashtirilgan, o'yinlar yakunlangach bu er Tokioning suv sport turlariga ixtisoslashgan markaziga aylanishi kutilmoqda.

Ariake Gymnastics Centre – bu erda badiiy gimnastika, trampolin hamda sport gimnastikasi bo'yicha bahslar o'tkazilishi maqsad qilingan. Inshoot 90 foiz tayyor holatda. U o'z bag'riga 12 ming tomoshabinni sig'dira oladi. Binoda yapon milliy ananalarini saqlab qolish maqsadida asosan yog'och mahsulotlaridan foydalanilgan. SHu tariqa majmua yog'ochdan ishlangan eng yirik sport kompleksiga aylanadi. Yog'och konstrukciyalarining mustahkam metall bog'lamalari bilan qotirilganligi esa inshootning er silkinishlari hamda to'fonlarga chidamlilik darajasini oshishiga xizmat qiladi.

photo5294250704124357459.jpg

Malumot o'rnida, Ariake Gymnastics Centre ning faqatgina so'nggi pardozlash ishlari qolgan bo'lib, shu yilning o'zida sinov musobaqalari o'tkaziladi.

Yoyogi National Stadium – o'ziga xos memorchilik asosida qurilgan ushbu stadionda Olimpiya o'yinlari paytida gandbol, Paralimpiya o'yinlarida esa badminton hamda aravachali regbi bahslari o'tkaziladi.

photo5294006140096588931.jpg

Inshootga 5 mingga yaqin tomoshabin joylasha oladi. SHu jumladan 100 ga yaqin jurnalistning faoliyat olib borishi uchun ana shuncha o'rinli press-lojalar ajratilgan.

Tokyo Metropolitan Gymnasium hamda National Olympic Stadium inshootlari tadbir ishtirokchilarining alohida qiziqishiga sabab bo'lishi tabiiy. Boisi bu erda yonma-yon joylashgan binolarning birida sport tennisi bo'yicha musobaqalar o'tkazilsa, 1964 yilgi Olimpiya o'yinlarida ham asosiy maydon vazifasini o'tab bergan National Olympic Stadium da 2020 yil 24 iyul sanasiga belgilangan Tokio olimpiadasining ochilish marosimi hamda yopilish marosimlari o'tkaziladi.

photo5294006140096588932.jpg

photo5294250704124357460.jpg

Bundan tashqari qayta tamirlanayotgan mazkur stadionda olimpiadaning futbol, engil atletika va marafon hamda paralimpiyaning engil atletika bo'yicha bahslari bo'lib o'tadi.

Ariake Tennis Park da mashg'ulotlar o'tkazishga mo'ljallangan 16 ta hamda saralash bellashuvlari uchun 23 ta kord mavjud. SHuningdek, bu erda bevosita tomoshabinlar ishtirokidagi bahslarga mo'ljallangan yana bitta yangi kord foydalanishga topshirildi. Ushbu kordda oktyabr oyining so'ngi sanalarida bo'lib o'tadigan xalqaro turnir o'ziga xos sinov vazifasini o'tab beradi.

photo5294006140096588933.jpg

photo5294006140096588934.jpg

Bundan tashqari Ariake Tennis Park da Ariake Coliseum nomi bilan ataluvchi 10 ming tomoshabinga mo'ljallangan majmua Olimpiada uchun qayta tamirdan chiqarildi. Ilg'or texnologiyali sport inshootining o'ziga xos jihati – tom qismining 24 daqiqa ichida to'liq ochilib, yana shuncha vaqtda qayta yopilish imkoniyatiga egaligi. SHu boisdan bu erda istalgan toifadagi turnirlarni o'tkazish imkoni mavjud.

photo5294006140096588935.jpg

Olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olgan sportning to'p bilan xokkey turi bo'yicha bellashuvlar Tokiodagi markaziy bog'lardan birida joylashgan Oi Hockey Stadium da o'tkaziladi.

photo5294250704124357461.jpg

Tashkiliy qo'mitaning malum qilishicha, bu erda mavjud o'rindiqlarga qo'shimcha tomoshabinlarga mo'ljallangan tribunalar tashkil etiladi.

Etiborli jihati Tokio-2020 Olimpiadasi uchun bu erda bir necha yildan buyon faoliyat ko'rsatayotgan sport maydoniga qo'shimcha yana bitta o'yingoh barpo etilgan.

Albatta, bir necha kunda barcha olimpiya inshootlarini ko'zdan kechirish imkonsiz, lekin Tokio shahri olimpiada o'tkazish amaliyotiga egaligi va taqdimot qaydnomasiga kiritilgan yangi quriladigan obektlarning deyarli tugallangani XXXII yozgi Olimpiya hamda XVI Paralimpiya o'yinlari Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasi tomonidan yuqori saviyada o'tkazilishiga shubha qoldirmadi.

SHu bilan Yaponiya poytaxtida o'tkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya hamda XVI Paralimpiya o'yinlari oldidan OAV vakillari uchun tashkil etilgan media tur o'z ishini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing