21 avg 11:55
Yangiliklar

FOTO. Paxtaoboddagi boks musobaqasi g'oliblari aniqlandi
Sog'lom ona va bola yili hamda O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan viloyat ochiq chempionatida qo'shni viloyatlardan kelgan 200 nafarga yaqin yosh bokschilar ishtirok etishdi.
Ushbu Respublika turnirida 2002-2003 yillarda tavallud topgan bokschilar o'z imkoniyatlarini hakamlar sinovidan o'tkazishdi.
Musobaqa yakunida mezbonlar – Paxtaobod tumani bokschilari umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. Ular 7ta vazn toifasida shoxsupaning eng yuqori pog'onasidan joy olishdi.
Isboskan tumani, Qorasuv ham Qo'qon shahri yosh bokschilari keingi o'rinlarni band etishdi.
Ushbu musobaqani tashkil etishda Asqar Boymirzaev, Saydullo Rahmonov va Abdulhakim Mamannaevlar jonbozlik ko'rsatishdi.
Fikrlar