11 dek 21:05
Yangiliklar

FOTO. Riga Open. 4ta oltin, 1ta kumush qo'lga kiritildi, umumjamoa hisobida ham birinchimiz!
Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan Riga Open musobaqasida MDH hamda yaqin xorij mamlakatlari bokschilari ishtirok etishdi. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasi charm qo'lqop ustalari ham bor edi.
Quvonarlisi, terma jamoamizning besh nafar azosi ham sovrindordan safidan joy oldi. Abdulxay SHoraxmatov, Elnur Abduraimov, Mahmud G'oipov va Bahodir Jalolov final janglarida raqiblarini mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritishdi.
52 kg vazn toifasida ringga ko'tarilgan Sirojiddin G'ulomjonov esa finalda mag'lub bo'lib, kumush medal bilan taqdirlandi.
Turnir yakunida umumjamoa hisobida O'zbekiston terma jamoasi bokschilari 4ta oltin va 1ta kumush medal bilan birinchi o'rinni egallashdi.
Suratlar muallifi - Humoyun Davronov (Riga shahridan)
Fikrlar