11 avg 14:44
Yangiliklar
Boks/MMA

FOTO Volkanovski Sexudoga: O'g'lim, kel senga bir voqea aytib beraman!
Yarim engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleksandr Volkanovski ikki vaznda sobiq chempion Genri Sexudoning ustidan ochiqchasiga kuldi.
Volkanovski o'zining Tvitterdagi rasmiy sahifasiga surat qo'ygan. Unda Aleksandr ota sifatida o'g'li Genrini tizzasida olib o'tirgani fotoshop sifatida berilgan. Volkanovskining qo'lidagi kitob muqovasida "Buyuk Aleksandr" yozuvini ko'rishimiz mumkin.
"O'g'lim, kel senga bitta voqea aytib beraman!", — deya surat ostida izoh qoldirgan Aleksandr.
Eslatib o'tamiz, may oyidagi g'alabasidan so'ng Sexudo faoliyatini yakunlaganini, faqat Volkanovski bilan jang uchungina qaytishi mumkinligini elon qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar