01 okt 16:23
Yangiliklar
Boks/MMA

FOTO. Yana bir bokschimiz AQSHda faoliyatini boshlaydi
Dunyo boks markazi xisoblangan AQSHda yana bir o'zbek bokschisi faoliyatini boshlashga yaqin turibdi.
Havaskor boksda O'zbekiston chempioni bo'lgan SHerali Mamajonov o'z omadini AQSH professional ringlarida ham sinab ko'rishga qaror qildi.
Ayni paytda Mamajonov AQSHning Florida shtati Orlando shahrida bo'lib turibdi. U murabbiy Dan Koto qo'l ostida mashg'ulotlarda ishtirok etyapti.
Yaqin kunlarda u Amerika zaminidagi ilk jangini o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar