25 iyu 21:35
Yangiliklar
Futbol
Franciyaning 6 karra chempioni professional klub maqomidan mahrum qilindi
Bunga moliyaviy muammolar sabab bo'lgan.
Bugun Franciyaning "Bordo" klubi professional maqomidan mahrum qilindi. Jamoa moliyaviy muammolar tufayli Franciyaning uchinchi ligasiga tushirib yuborildi.
SHu tariqa, 2009 yil mamlakat chempioniga aylangan klub endilikda qarz yukini kamaytirish maqsadida barcha futbolchilar bilan shartnomani bekor qiladi va mashg'ulot markazini yopadi.
Eslatib o'tamiz, "Bordo" mamlakatning 6 karra chempioni sanaladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar