02 avg 14:15
Yangiliklar
Futbol
Franciyaning olti karra chempioni professional maqomidan mahrum bo'lishi mumkin
Franciyaning olti karra chempioni "Bordo" moliyaviy muammolar sababli professional maqomidan mahrum bo'lishi mumkin.
Bu haqda "RMC Sport" xabar bermoqda.
Klubni sotib olishga kelishib olgan Britaniyaning "Sparta Capital" jamg'armasi 10 million evro to'lashi kerak edi. Biroq investorlar summaning yarmini — 5 million evroni o'tkazib berishdi, xolos.
Pullar "Bordo"ga sud tugatilishidan qochish va professional turnirlarga qaytish uchun zarur. Belgilangan muddat o'tib bo'lgan, ammo klubga qolgan mablag'larni kiritish uchun qo'shimcha vaqt berildi.
Iyul oyida "Bordo" milliy musobaqalardan chetlashtirilgan edi. Biroq klub apellyaciya berdi.
Hozirda "Bordo" milliy musobaqalardan chetlashtirilish yuzasidan bahslashmoqda. Zarur moliyaviy kafolatlarsiz Franciyaning sobiq chempioni o'z faoliyatini tugatishi mumkin.

Havola :
Fikrlar