25 dek 15:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Freddi Rouch Pakyao - Makgregor jangi yuzasidan bayonot berdi
Taniqli boks mutaxassisi, sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni filippinlik Menni Pakyaoning murabbiyi Freddi Rouch shogirdning keyingi rejalari xususida intervyu berdi.
Avvalroq, matbuotda Pakyaoning aralash qoidalar bo'yicha engil vazn toifasida UFC chempioni Konor Makgregorga qarshi boks qoidalari asosida jang o'tkazishi mumkinligi haqida xabar tarqalgandi.
“Men bu masala yuzasidan uning promouteri Bob Arum bilan uchrashdim va suhbatlashdim. Konorga qarshi jang haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Biz hozir asosiy etiborimizni Jeff Xornga qarshi o'tkazilishi kutilayotgan revansh jangiga qaratganmiz”, - dedi Rouch.
Havola :
Fikrlar