21 okt 22:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Frempton va Santa Krus revansh jangi o'tkazishadi, sanasi va joyi malum
Professional boksning yarim engil vazn toifasida WBA (Super) yo'nalishi chempioni 29 yoshli Karl Frempton (23-0, 14KO) meksikalik 28 yoshli Leo Santa Krus (32-1-1, 18KO) bilan revansh jangini o'tkazadi.
Ushbu chempionlik jangi 28 yanvar kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi MGM Grand arenasida bo'lib o'tadi. Bokschilarning tomonlari bu borada rasman kelishib olishdi.
Eslatib o'tamiz, bu ikki bokschi shu yilning iyul oyida ilk bor to'qnash kelishgandi. O'sha jangda Frempton hakamlarning qarori bo'yicha ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi. Santa Krus esa faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib olgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar