11 iyu 14:39
Yangiliklar
Futbol. O'zbekiston U-23 terma jamoasi Franciyaga jo'nab ketdi
Bugun tongda O'zbekiston U-23 terma jamoasi Olimpiadaga so'nggi tayyorgarlikni olib borish uchun Franciyaning Marsel shahriga jo'nab ketdi. Dastlab Marsel shahrida yig'in va 15 iyul kuni Gvineyaga qarshi, 18 iyulda esa Yangi Zelandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi. Ana shu ikki bellashuvdan keyin terma jamoa Olimpiada bahslaridagi yurishini boshlash uchun Parijga yo'l oladi.
O'zbekiston U-23 terma jamoasining Olimpiadada ishtirok etuvchi yakuniy tarkibi:
Darvozabonlar: Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Vladimir Nazarov ("Paxtakor"), Hamidullo Abdunabiev ("Olimpik").
Himoyachilar: Abduqodir Husanov ("Lans", Franciya), Asadbek Rahimjonov ("Olimpik"), Saidazamat Mirsaidov ("Olimpik"), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor"), Zafarmurod Abdirahmatov ("Nasaf"), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Qayrat", Qozog'iston).
Yarim himoyachilar: Abdurauf Bo'riev ("Paxtakor"), Diyor Xolmatov ("Paxtakor"), Behruz Asqarov ("Paxtakor"), Jasur Jaloliddinov ("Neftchi"), Ibrohim Ibragimov ("Paxtakor"), Umarali Rahmonaliev ("Rubin", Rossiya).
Hujumchilar: Ruslanbek Jiyanov ("Navbahor"), Alisher Odilov ("Olimpik"), Oston O'runov ("Persepolis", Eron), Abbosbek Fayzullaev (CSKA, Rossiya), Eldor SHomurodov ("Roma", Italiya), Husayin Norchaev ("Neftchi").
Fikrlar