17 dek 09:17
Yangiliklar
Futbol
Futbolchining uyida o'g'rilik sodir etildi. Jinoyatchilar uning onasini garovga olishgan
Kataloniyaning Arenis-de-Mar shahrida Ispaniyaning “Espanol” klubi futbolchisi Keyta Baldening uyida o'g'rilik sodir bo'ldi.
Xabar qilinishicha, o'g'rilik vaqtida uyda faqatgina Baldening onasi bo'lgan. Uch nafar nomalum erkak turar-joyga bostirib kirib, ayolni garovga olib, xonaga qamab qo'ygan. Jinoyatchilar deyarli barcha qimmatbaho narsalarni yig'ib, g'oyib bo'lishdi.
Futbolchining onasi qulflangan xonadan chiqib ketishga muvaffaq bo'lgan va huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar