01 fev 15:14
Yangiliklar
Futzal bo'yicha Osiyo kubogi. O'zbekiston 1/4 finalga chiqdi
Birinchi bo'limni SHaxram Faxriddinovning aniq zarbasi evaziga o'z foydasiga hal qilgan futzalchilarimiz yakunda mag'lub bo'lishdi - 1:2. SHota Yamanakaning dubli evaziga Yaponiya 9 ochko bilan guruh g'olibi sifatida chorak finalga chiqdi. O'zbekiston garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, 4 ochko bilan ikkinchi o'rin sohibi sifatida pley-offga yo'l oldi.
Guruhning ikkinchi uchrashuvida Tojikiston va Avstraliya terma jamoalari o'zaro durang (1:1) o'ynab, guruh bosqichida qolib ketishdi. Endi terma jamoamiz katta ehtimol bilan chorak finalda Eronga qarshi bahs olib boradi. Eron agar Afg'onistonga yutqazib qo'ysa, u holda aynan qo'shnilarimiz bilan to'qnash kelamiz.
Yaponiya — O'zbekiston 2:1
Gollar: SHota Yamanaka (30, 37) — SHaxram Faxriddinov (8).
Yaponiya: 1.Fabio Rafael Silveyra, 6.Tomoki Yoshikava, 8.Ryuji Izu, 11.Kazuya SHimizu (s), 13.Ryoto Ka
Zaxira: 2.Xiroshi Tabuchi, 3.SHunta Uchimura, 5.Kaito Yamada, 7.SHoto Yamanaka, 9.Takexiro Motoishi, 10.SHunta Uchida, 12.Kokoro Xarada, 14.Yusei Arai
O'zbekiston: 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilxomjon Hamroev (s), 9.Elbek To'lqinov, 10.SHaxram Faxriddinov, 12.Abbos Elmurodov
Zaxira: 1.SHavkat Ibragimov, 2.Anasxon Rahmatov, 3.Abror Axmetyanov, 5.Sunatulla Jo'raev, 7.Akbar Usmonov, 8.Hayrullo Solihov, 11.Muzaffar Ahadjonov, 13.Eldor Nigmatov, 14.Samariddin Berkinov.



Fikrlar