03 fev 11:09
Yangiliklar
Futbol
Futzal. Bugun Osiyo Kubogi 1/4 finalidan o'rin olgan O'zbekiston - Eron o'yini bo'lib o'tadi
Bugun Indoneziya mezbonlik qilayotgan futzal bo'yicha Osiyo Kubogida chorak final uchrashuvlari o'tkaziladi.
Nodir Eliboev shogirdlari yarim final chiptasi uchun Eron bilan to'qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 11:00da start oladi. Bu juftlikda zafar quchgan jamoa keyingi bosqichda Tailand-Iroq qarama-qarshiligi g'olibi bilan o'ynaydi.
Malumot uchun, Eron amaldagi Osiyo chempioni hisoblanadi. 2024 yilgi qita turnirida forslar yarim finalda penaltilar seriyasida O'zbekistonni taslim etgan edi.

Havola :
Fikrlar