30 jan 11:39
Yangiliklar
Futbol
Futzal. Osiyo Kubogi. O'zbekiston terma jamoasi bugun Avstraliya bilan o'ynaydi
Indoneziyada bo'lib o'tayotgan futzal bo'yicha Osiyo Kubogida ikkinchi tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.
Bugun Nodir Eliboev boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi musobaqa guruh bosqichining ikkinchi turida Avstraliya bilan to'qnash keladi. Bellashuv 13:00 da start oladi va "Futbol tv" orqali namoyish etiladi.
Vakillarimiz ilk turda Tojikiston bilan kuch sinashgan va 0:0 hisobida durang qayd etgan edi. Ayni paytda jamoamiz guruhda Yaponiyadan keyin ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar