So’nggi yangiliklar

21:54Элит ОЧЛ ўтиш ўйини: "Пахтакор" Иордания клубини йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:09Ўзбекистонлик спортчининг Эркабулан Токтарга қарши жанги эълон қилинди 0 19:01"Сурхон" Беҳруз Каримовнинг трансферидан қанча пул ишлаб топди? 0 18:18Бибисара ҳам борми? Қозоғистон терма жамоасининг Самарқанддаги Шахмат Олимпиадаси учун таркиби расман эълон қилинди 0 17:30Собиқ чемпион нега Хабибни ММА тарихидаги энг буюк жангчи деб ҳисоблашини тушунтирди 0 16:52UFC рейтинги янгиланди: Нокаутчи енгил вазн тоифасида Топ-5`га яқинлашди 0 16:13Трамп ФИФА атрофидаги можаро фонида Инфантинонинг ёнини олди 0 15:37Grand Chess Tour: Синдаров 475 000 долларлик турнирдаги юришини бошлади 0 15:01Головкиннинг World Boxing ташкилотига 6 та янги федерация қўшилди + ФОТО 0 14:35Моралес Махачев - Гэрри жангини суғурталаш учун 9 кг вазн ташлаши керак 0 13:58Дунёнинг учинчи энг бой инсони “Ливерпуль” эгаларидан бирига айланади 0 13:31Топурия жамоаси Гэтжидан зудлик билан реванш олишни талаб қилмоқда 0 12:58Усман Нурмагомедовнинг менежери Макс Холлоуэйдан узр сўради 0 12:33Даниэль Кормье нима учун Жонсни мағлуб эта олмаганини айтиб берди 0 11:59"Реал"нинг янги футболчилари 2026/27 йилги мавсумда қайси рақамлар ўйнашлари маълум 0

27 jan 08:35
Yangiliklar

Futbol

Futzal xaritasi: Barcha yo'llar Jakartaga olib boradi

Bugun Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida futzal bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati start oladi.

Ushbu musobaqada O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Tarixga nazar

Bu hisob bo'yicha 18-Osiyo chempionati hisoblanadi. 1999-2020 yillar oralig'ida musobaqa OFK futzal chempionati deb nomlangan bo'lsa, 2022 yildan buyon OFK futzal Osiyo kubogi deb yuritib kelinmoqda. Lekin biz qulay bo'lishi uchun futzal bo'yicha Osiyo chempionati deyishga o'rganib qolganmiz.


Barcha mezbonlar va chempionlar

Quyida shu paytgacha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgan mamlakatlar hamda barcha chempionlar ro'yxatini keltirib o'tamiz. 

1999. Mezbon - Malayziya. CHempion - Eron

2000. Mezbon - Tailand. CHempion - Eron

2001. Mezbon - Eron. CHempion - Eron

2002. Mezbon - Indoneziya. CHempion - Eron

2003. Mezbon - Eron. CHempion - Eron

2004. Mezbon - Makau. CHempion - Eron

2005. Mezbon - Vetnam. CHempion - Eron

2006. Mezbon - O'zbekiston. CHempion - Yaponiya

2007. Mezbon - Yaponiya. CHempion - Eron

2008. Mezbon - Tailand. CHempion - Eron

2010. Mezbon - O'zbekiston. CHempion - Eron

2012. Mezbon - BAA. CHempion - Yaponiya

2014. Mezbon - Vetnam. CHempion - Yaponiya

2016. Mezbon - O'zbekiston. CHempion - Eron

2018. Mezbon - Taivan. CHempion - Eron

2022. Mezbon - Quvayt. CHempion - Yaponiya

2024. Mezbon - Tailand. CHempion - Eron

2026. Mezbon - Indoneziya. CHempion - ???


Rekordlar

SHu paytgacha futzal Osiyo chempionati 17 bor o'tkazilgan bo'lib, shundan 13tasida Eron terma jamoasi g'olib chiqqan. Yaponiya 4 marta g'oliblikni qo'lga kiritgan.

O'zbekiston barcha Osiyo chempionatlarida ishtirok etib kelayotgan to'rtta jamoadan biri. Biz musobaqalarda ishtirok etish va natija ko'rsatish bo'yicha umumiy jadvalda Eron va Yaponiyadan keyin uchinchi o'rindamiz. Barcha 17ta musobaqada qatnashgan yana bir jamoa bor. Bu - Tailand terma jamoasi.

O'zbekiston futzal terma jamoasi shu paytgacha 4 marta ikkinchi o'rin (2001, 2006, 2010, 2016) va olti marta uchinchi o'rinni  (2005, 2007, 2014, 2018, 2022, 2024) qo'lga kiritgan. Biz shuningdek uch marta - 2006, 2010, 2016 yillarda turnirga mezbonlik qilganmiz.


Bu yilgi musobaqa

Aytib o'tganimizdek, ushbu Osiyo chempionati Indoneziya poytaxti Jakartada o'tkaziladi. O'yinlar ikkita arena - "Jakarta Arena" (16,500 tomoshabin) va "Jakarta International Velodrome" (8,500 tomoshabin) sport majmualarida bo'lib o'tadi. Musobaqa 27 yanvar start olib, 7 fevral kuni o'z nihoyasiga etadi.


Guruhlar va jamoalar

Futzal bo'yicha Osiyo chempionatida 16ta jamoa qatnashadi. Jamoalar to'rttadan to'rt guruhga bo'lingan va har bir guruhdan ikkita jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi.


A guruhi: Indoneziya, Iroq, Qirg'iziston, Janubiy Koreya.

B guruhi: Tailand, Vetnam, Quvayt, Livan.

C guruhi: Yaponiya, O'zbekiston, Tojikiston, Avstraliya.

D guruhi: Eron, Afg'oniston, Saudiya Arabistoni, Malayziya.


Taqvim

Albatta, bizga ko'proq O'zbekiston futzal terma jamoasi o'yinlari qiziq bo'lgani uchun C guruhi taqvimini keltirib o'tamiz.


1-tur. 28 yanvar. 13:00

Yaponiya - Avstraliya

1-tur. 28 yanvar. 17:00

O'zbekiston - Tojikiston


2-tur. 30 yanvar. 13:00

Avstraliya - O'zbekiston

2-tur. 30 yanvar. 17:00

Tojikiston - Yaponiya


3-tur. 1 fevral. 13:00

Tojikiston - Avstraliya

3-tur. 1 fevral. 13:00

Yaponiya - O'zbekiston


Tarkib

21 yanvar kuni O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboev Osiyo chempionatida ishtirok etadigan tarkibni elon qildi. Musobaqa reglamentiga muvofiq ro'yxatdan 14 nafar futzalchi o'rin olgan.

Darvozabonlar: SHavkat Ibragimov (Oil Star), Abbos Elmurodov (BMB PFC).

Himoyachilar: Ilhomjon Hamroev (Oil Star), Sunnatilla Jo'raev (Nasaf), Anasxon Rahmatov (Nasaf).

Qanot o'yinchilari: SHaxram Faxriddinov (OKMK), Xayrulla Solixov (OKMK), Samariddin Berkinov (Oil Star), Abror Axmedzyanov (SQB), Akbar Usmonov (SQB), Ixtiyor Ropiev (Nasaf), Eldor Nigmatov (Lokomotiv).

Hujumchilar: Muzaffar Ahadjonov (BMB PFC), Elbek To'lqinov (Oil Star).

Delegaciya rahbari – Rustam Zuparov

Bosh murabbiy – Nodir Eliboev

Darvozabonlar murabbiyi – Vitor Vianna

Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy – Teyshera Mourisio

SHifokor – Laziz Teshaboev

Fizioterapevtlar – Rasul Dayanov, Abdurahim Sarimsoqov

Mamur – SHahboz Jo'raev

Xalqaro aloqalar departamenti boshlig'i — Gayrat Azizxodjaev

Matbuot kotibi – Nodir Azamov


Xayrulla Xoliqov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing