06 noy 16:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri: "2018 yil mening yilim bo'ladi"
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri 2018 yilda ringga qaytishga astoydil bel bog'lagan.
"Men Germaniyaga borib, Klichkoni mag'lubiyatga uchratdim. Keyin esa chempionlik kamarini bo'shatib qo'ydim. Yigitlarga pul ishlab, kamar qo'lga kiritish imkoniyatini yaratib berdim. Buning uchun hurmat ko'rganim yo'q. Meni doimo tanqid qilishdi.
Klichkoga qarshi jangda menga shubha bilan qarashgandi. Xar bir jang oldidan mana shunday bo'lgandi. Fikrimcha, bundan keyin ham shunday bo'ladi. Barcha meni hisobdan chiqarib qo'ygan.
Qaytishga sabrim chidamayapti, judayam xursandman. Men qaytdim. 2018 yil Taysonning qaytish yili bo'ladi", - deydi Fyuri.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar