09 noy 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/22300_220.jpg)
Fyuri Britaniya antidoping agentligini bankrotga uchratishi mumkin
Buyuk Britaniya antidoping agentligi (UKAD) britaniyalik sobiq jahon chempioni Tayson Fyuridan xavf kutmoqda.
Gap shundaki, ushbu tashkilot Fyurining antidoping qoidalarini buzganlikda ayblab, bokschiga nisbatan ish ochgan edi. 2015 yili Taysondan olingan doping-tahlil britaniyalikning qon tarkibida taqiqlangan steroid izlari borligini ko'rsatgandi.
Fyuri va uning jamoasi taqiqalangan bu modda bokschining
organizmiga taom orqali tushganligini aytgandi. Bu ish yuzasidan surishtiruv
dekabr oyining boshlarida o'tkaziladi.
Agar Tayson bu ishda haq bo'lib chiqsa, agentlik 5 million
funt sterling miqdorida tovon puli to'lashi kerak bo'ladi. Agentlikning bir yillik
byudjeti esa 8 million funt sterling atrofida ekanligi aytilmoqda.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar