01 dek 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri: "CHempionlik kamari shunchaki ajoyib bir buyum"
Ertaga tongda Los-Anjelesda superog'ir vazn toifasida superjang tashkil qilinadi.
Ringda WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder hamda sobiq chempion Tayson Fyuri ringga ko'tariladi. Fyuri mazkur jang oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Asosiysi, uyga qaytib, Rojdestvoni nishonlash. Boks bu ishim. Men 10 haftadan beri oilam bilan ko'rishganim yo'q. Uyga qaytgim kelyapti. U erga kamar bilan ketish ajoyib bo'ladi.
WBC - menda uzoq vaqt saqlangan yagona kamardir. Ammo, undan nima foyda? Kamar bu shunchaki chiroyli buyumdir. Uni qabrga olib keta olmaysiz", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : BBC
Fikrlar