10 iyu 17:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri faoliyatini yakunlashi mumkin
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri germaniyalik Tom SHvarc bilan bo'ladigan jang haqida fikr bildirdi.
«Hozirgi davrning eng zo'r bokschisi menman. Agar SHvarcni mag'lub etolmasam, men boksdan ketaman. G'alaba qozonmasam nima qilaman yana ringga ko'tarilib? Bundan mantiq ko'rmayapman. Ko'pchilik meni eng kuchli bokschi deb o'ylaydi. Men Germaniyaga borib Klichkoni taslim qildim, AQSHga borib Uaylderni yakson qildim. Men ularni o'z uyida urdim. Meni superog'ir vazn toifasida birinchi o'ringa ko'tarib qo'yishibdi va bu to'g'ri qaror deb o'ylaman. Men birinchi, Uaylder ikkinchi, Ruis uchinchi, Joshua to'rtinchi, barchasi adolatdan», - dedi Tayson.
Eslatib o'tamiz, Fyuri-SHvarc jangi 15 iyunda Las-Vegasda tashkil qilinadi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar