24 fev 14:37
Yangiliklar
Boks/MMA

"Fyuri faoliyatini yakunlashini istayman. U barchasini isbotlab bo'ldi"
WBC kamari sohibi Tayson Fyurining otasi Jon Fyurining fikricha, o'g'li bokschilik faoliyatini yakunlashi lozim.
"Tayson faoliyatini yakunlashini istayman. U barchasini isbotlab bo'ldi. Uaylderga qarshi jang qiyin kechdi.
O'g'lim yakunlashini xohlayman. Uning ko'nglida ham shunday istak bor deb o'ylayman. U boshqa xech narsa qila olmaydi. Tayson borini berdi.
To'g'risi, u qanday qilib o'ziga kela olganiga haliyam ishona olmayapman. U ikki yil oldin umidsiz holatda edi. Deyarli jarlikka tushib ketgandi.
O'shanda qora kunlar edi. Tayson o'lgunicha ichardi, ketma-ket ovqat erdi", - dedi Jon Fyuri.
Havola :
Manba : Metro
Fikrlar