10 sen 12:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyuri Joshua-Ruis jangi haqida: Ahmoqlar to'qnashuvini tomosha qilmayman
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri Endi Ruis hamda Entoni Joshua o'rtasida o'tkaziladigan jangga qiziqmasligini aytdi.
Ruis hamda Joshua o'rtasidagi revansh jangi 7 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.
"Bu meni qiziqtirmayapti. Jangni tomosha ham qilmayman. 7 dekabr kuni judaband bo'laman. Bu jang men uchun qiziq emas, chunki ahmoqlar menga yoqmaydi. Umuman qiziq emas", - dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Fyuri navbatdagi jangini 14 sentyabr kuni shveciyalik Otto Uallinga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar