16 avg 12:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Klichkoni esdan chiqmaydigan qilib do'pposlamoqchi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida asosiy yo'nalishlardan ikkitasida jahon chempioni bo'lib turgan Tayson Fyuri (25-0, 18 KO) Vladimir Klichkoni (64-4, 53 KO) revansh jangida esdan chiqmaydigan tarzda mag'lub etmoqchi.
“Mendan IBF chempionlik kamarini olib qo'yishganda bunga etibor bermadim. CHunki tashkilot rasmiylari meni hech kim mag'lub eta olmasligini bilishgandi. Ayni paytda men bor etiborimni revansh jangiga qaratganman. O'zimni juda yaxshi xis qilyapman. Bu safar Klichkoni barchani esida qoladigan tarzda mag'lub etaman. Unga hech qanday imkoniyat qoldirmayman”, – dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning 29 noyabr kuni britaniyalik Tayson Fyuri ukrainalik Vladimir Klichkoni hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, raqibining chempionlik kamarlarini tortib olgandi.
Havola :
Fikrlar