01 iyu 11:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri: Men murabbiyimni aytganini qilmaganman
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri Tom SHvarcga qarshi kechgan jangida murabbiyini gaplariga quloq solmaganini aytdi.
«Men SHvarcga qarshi kechgan bahsda murabbiyimning hech bir ko'rsatmasini bajarmadim. U menga dastlabki 6-7 raundda ehtiyotkorlik bilan jang qilishim kerakligini aytdi. Lekin, men o'zimni amerikalik muxlislarga ko'rsatib qo'yishim uchun raqibimni nokaut qilishim shart edi. SHu sababli, faqatgina Tomni tezroq nokaut qilishga harakat qildim. CHunki, amerikaliklarga nokautlar yoqadi. Ko'pchilik mening daxshatli zarbam yo'q deb o'ylaydi. SHu sababli ham men tezroq nokaut qilish haqida o'yladim. Men vazifamni uddaladim, bu mening rejam edi»,-dedi Tayson.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri Tom SHvarcga qarshi kechgan jangida raqibini uchinchi raunddayoq nokaut qilishga erishgandi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar