14 avg 19:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyuri: Million foiz - Ruis yana Joshuani nokaut qiladi
Britaniyalik bokschi Tayson Fyurining fikricha, yurtdoshi Entoni Joshua revanshda ham Endi Ruisni mag'lub eta olmaydi.
"Menimcha Ruis yana Joshuani nokaut qiladi. U birinchi to'qnashuvda bo'lganidek jang o'tkazadi. Ko'rasiz, Endi uni nokautga uchratadi, million foiz", - dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Ruis hamda Joshua o'rtasidagi revansh jang 7 dekabr kuni Saudiya Arabistonida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : ESPN US
Fikrlar