16 iyu 14:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri navbatdagi jangini qachon o'tkazishini malum qildi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri bugun tongda germaniyalik Tom SHvarcni ikkinchi raundda nokaut qilib, raqibiga ilk mag'lubiyatni taqdim etgandi.
Jang yakunlanganidan so'ng britaniyalik mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Fyuri keyingi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
“Bugungi jangda hech qanday jarohat olganim yo'q. Hammasi joyida bo'lib tursa, keyingi jangimni oktyabr oyida o'tkazaman. 2020 yilning boshida esa WBC chempioni Deontey Uaylderga qarshi ikkinchi jangim bo'lib o'tadi.
Buning uchun Uaylderning o'zi kuzda Luis Ortis to'sig'idan o'tib olishi kerak. Agar u mag'lub bo'lsa, u holda revansh jangining ahamiyati qolmaydi”, - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar