18 iyu 18:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri: Ortis 147 yoshda, Uaylder uni qiyinchiliksiz mag'lub etadi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri WBC kamari sohibi Deontey Uaylder va Luis Ortis jangi borasida o'z fikrlarini malum qildi.
«Meni Uaylder va Ortis jangi umuman qiziqtirmaydi. Men oldin ham aytganman, Ortisnining yoshi tahminan 147 yoshda. Deontey uni birinchi jangidan ham tezroq nokaut qilishni uddalaydi. Menimcha, Uaylderga bir nechta raund etarli bo'ladi. Ortis ringda juda yomon harakat qiladi, bundan tashqari oyoqda ham kuchli turolmaydi. u Deonteyga qarshi jang qilish uchun juda qarilik qiladi»,-dedi Tayson.
Uaylder va Ortis revansh jangi shu yilning oktyabr oyida tashkil etiladi. Birinchi jangda WBC kamari sohibi raqibini nokaut qilgandi.
Havola :
Manba : Boxing News 24
Fikrlar