15 avg 12:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri shu haftada Klichkoga qarshi jangga tayyorgarlikni boshlaydi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA (Super), WBO yo'nalishlari chempioni britaniyalik Tayson Fyuri shu haftada ukrainalik Vladimir Klichkoga qarshi o'tkaziladigan chempionlik revansh jangiga tayyorgarlikni boshlaydi.
Ushbu jang 29 oktyabr kuni Manchester shahridagi Manchester Arena saroyida bo'lib o'tadi. Fyuri o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ushbu jangga tayyorgarlikni shu haftada boshlashini malum qilgan.
Eslatib o'tamiz, aslida Fyuri - Klichko chempionlik jangi 9 iyul kuni bo'lib o'tishi kerak edi. Lekin Tayson jarohat olgani sabab jang kechroq muddatga qoldirilgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar