29 sen 08:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri: “Tayson 2016 yilda aniq jang o'tkazmaydi”
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA, WBO hamda IBO yo'nalishlari chempioni bo'lib turgan britaniyalik Tayson Fyuri joriy yil hisobidan aniq jang o'tkazmaydi.
Bu malumotni bokschining murabbiyi, ham amakisi Piter Fyuri ham tasdiqladi.
“Tayson hozir jangga ham jismoniy, ham ruhiy tomondan tayyor emas. Biz tavakkal qila olmaymiz. Bir oyoq bilan ringga ko'tarilgandan foyda yo'q. U 100 foiz tayyor bo'lganidan keyin albatta jang o'tkazamiz. Lekin bu yil u aniq jang o'tkazmaydi”, - dedi katta Fyuri BaylorIC TV kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri bugun, yani 29 sentyabr kuni o'z chempionlik kamarlarini ukrainalik sobiq jahon chempioni Vladimir Klichkodan revansh jangida himoya qilishi kerak edi. Lekin Fyurining jamoasi turli bahonalar bilan jangni ikkinchi maroataba qoldirgandi.
Havola :
Fikrlar