25 fev 19:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri trilogiya bo'lishiga ishonadi
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Tayson Fyuri Deontey Uaylderga revansh berishga tayyor.
“Bu g'alabadan zavq olishni istayman. Uaylder esa o'ziga kelib olishi lozim. Menimcha, u menga qarshi revansh jangida ishtirok etishni istasa kerak. Deontey haqiqiy pancher.
Bunday zarbasi bor bokschilardan esa doim xavfsirash lozim. Unga qarshi yana bir bor ringga ko'tarilishimga ishonaman.
Agar u istasa, uchinchi jang bo'ladi, agar istamasa, men boshqa bir kuchliroq bokschiga qarshi ringga chiqaman”,-dedi Fyuri.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar