24 jan 11:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Uaylder bilan Antarktidada jang qilishga ham tayyor
Professional boksning superog'ir vazn toifasida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Tayson Fyuri yana bir bor WBC chempioni Deontey Uaylderni ringga chorladi.
Britaniyalik sobiq jahon chempioni revansh jangi manzili haqida berilgan savolga shunday javob berdi.
“Uaylder bilan Buyuk Britaniya yoki AQSHda jang o'tkazishni istayman. Lekin meni joy masalasini unchalik ham qiziqtirmayapti. Unga qarshi Avstraliya yoki Antarktidada ringga chiqishga ham tayyorman. Revansh jangining o'tkazilishi Uaylder va uning jamoasiga bog'liq bo'lib qoldi. Agar ular buni istashsa, u holda jang shubhasiz o'tkaziladi. Men qo'limdan kelgan barcha ishni qildim”, - dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, bu ikki bokschi o'rtasidagi 1 dekabr kuni bo'lib o'tgan chempionlik jangida kutilmaganda durang natija qayd etilgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar