09 avg 16:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri - Uaylder jangi kelasi yilga ko'chirilishi mumkin
Tayson Fyuri va Deontey Uaylder o'rtasidagi jang kelasi yilning 6 fevraliga ko'chirilishi mumkin.
Ayni paytda jangni o'tkazish uchun 19 dekabr varianti ko'rilmoqda. Promouter Bob Arum o'sha jang muxlislar qarshisida o'tkazilishiga umid qilmoqda. Agar pandemiya bilan bog'liq vaziyat iziga tushmasa, jang kelasi yilning fevral oyiga ko'chiriladi.
Agar AQSHda ushbu jangni muxlislar ishtirokida o'tkazishga rozi bo'lishmasa, Avstraliya va Yangi Zelandiya rasmiylari mazkur jangni tashkil etishga tayyor ekanliklarini malum qilishgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar