23 fev 12:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri - Uaylder jangidagi zarbalar statistikasi elon qilindi
Xabar berganimizdek, bugun ertalab AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida uzoq kutilgan professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida superog'ir vazn toifasida WBC chempioni amerikalik Deontey Uaylder britaniyalik davogar Tayson Fyuriga qarshi ringga ko'tarildi va biroz kutilmaganda ettinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchradi.
CompuBox ushbu jangdagi bokschilar tomondan yo'llangan zarbalari statistikasini elon qildi. Fyuri jang to'xtatilguniga qadar 267 ta zarba yo'lladi va shulardan 82 tasi aniq bo'ldi. Uaylderning 141 ta zarbasidan 34 tasi aniq manziliga etib borgan. Jeb zarbalar Fyurida 107 tadan 24 tasi aniq, Uaylderda esa 86 tadan 16 tasi. Kuchli zarbalar 160 ga 58 (Fyuri), 55 ga 18 (Uaylder) ko'rinishida bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar