17 dek 19:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri - Uaylder. Joshua bokschilardan biriga sparring taklif qildi
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Entoni Joshua Tayson Fyuri Deontey Uaylderni mag'lub etishini istamoqda.
Buning uchun u Fyuri uchun sparring jangda hamkorlik qilishga ham tayyor.
"To'g'risini aytsam, Fyuri revanshda Uaylderni mag'lub eta oladi deb o'ylayapman. Ammo, bu faqatgina mening shaxsiy fikrim. O'ylashimcha, Uaylderdan ko'ra Tayson men bilan jang qilishga tezroq rozilik beradi. SHuning uchun Fyuriga omad tilayman.
Fyuri, agar sengga sparring kerak bo'lsa biz birga ishlashimiz mumkin. Biz bolaligimizda Tayson bilan sparringda ishlaganmiz. Men Fyuriga yordam berish uchun AQSHga borishga tayyorman", - dedi Joshua.
Havola :
Manba : Sky Sports News
Fikrlar