27 noy 18:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Uaylderga qarshi jangdan oladigan gonorarni nimaga sarflashini malum qildi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri Deontey Uaylderga qarshi jangdan oladigan gonorarini nimalarga sarflamoqchi ekanligini aytdi.
"Ushbu pulni kambag'allarga bermoqchiman, uysizlarga uy qurishni istayman. Ko'plab bokschilarga o'xshab ularni keraksiz narsalarga sarflamoqchi emasman.
Pullarimni farzandlarimga qoldirmasam kerak. CHunki, bu ularga yomon tasir qiladi. Ular o'zlari o'qib, pul ishlashlari kerak. Masalan, men sakkiz yoshimda mashina yuvib pul topa boshlaganman", - dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Uaylder hamda Fyuri o'rtasidagi jang 1 dekabr kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar