09 dek 09:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Uaylderga qarshi revansh jangiga tayyorgarlikni boshladi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri yana bir katta jangga tayyorgarlikni boshladi.
Britaniyalik bokschi WBC chempioni amerikalik Deontey Uaylderga qarshi revansh jangini o'tkazadi. Kecha WBC tashkiloti rasman revansh jangining o'tkazilishini elon qilgan edi.
“Bir necha kilogrammga vazn tashlashim kerak. Bu yana bir katta jangga munosib tayyorgarlik ko'rish yo'lidagi birinchi bosqich bo'ladi. Men yo'lga chiqdim. Jarayonni kuzatib boring”, - deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Fyuri.
Eslatib o'tamiz, bir hafta avval Uaylder va Fyuri o'rtasida o'tkazilgan dastlabki jang kutilmaganda durang natija bilan yakunlangan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar