15 jan 11:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Uaylderga qarshi revanshdan avval o'z vatanida jang o'tkazmoqchi
Superog'ir vazn toifasidagi britaniyalik sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri navbatdagi jangini o'z vatanida o'tkazmoqchi.
Avvalroq Fyuri WBC chempioni Deontey Uaylder bilan revansh jangi o'tkazish istagida ekanligi va bu borada muzokaralar ham boshlanganini aytgan edi. Lekin bugun u ushbu revanshdan oldin o'z hamyurtlari ko'z o'ngida jang o'tkazmoqchi ekanligini aytdi.
“O'ylaymanki, Uaylderga qarshi jang Angliya yoki Amerikada albatta o'tkaziladi. Revansh jangi meni havotirga solmayapti. Lekin undan avval aprel oyida Britaniyada ringga ko'tarilishni xohlayman. Balki bu jang Manchester shahrida o'tkazilar”, - deya Fyurining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Mirror nashri.
Havola :
Fikrlar