14 iyu 20:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyuri uch nafar bokschini raqib sifatida tanladi
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri kimga qarshi jang qilishi mumkinligini aytdi.
“ESPN bo'lajak raqibim mashhur hamda kuchli bo'lishini istamoqda. Ularga Jarrell Miller variantini taklif qildim. Jarrell kuchli, mag'lubiyatga uchramagan va reytingi baland bokschi. U bilan qiziq jang bo'ladi.
Menda yana bir variant bor - Trevor Brayan. Trevor Manuel CHarrga qarshi WBA kamari uchun jang qilishi lozim. Men ularning biriga qarshi ringga chiqaman”, - dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Fyurining keyingi jangi sentyabr oyiga rejalashtirilgan.
Havola :
Fikrlar