30 mar 17:41
Yangiliklar
Fyuri va Joshua bu yil ikki marta ringga ko'tariladi. 20 yil davomida ilk bora og'ir vazn toifasida mutlaq chempion paydo bo'ladi (TAVSIYA QILAMIZ)
Pandemiya qiyinchiliklariga qaramasdan, 2021 yilda boksda yangi ming yillikning boshlanishiga vada berilyapti: dunyoning eng yaxshi jangchisi Saul "Kanelo" Alvares har ikki oyda jang o'tkazadi, hamda birinchi yarim og'ir vazn toifasida jahonning mutlaq chempioni ham aniqlanadi.
Biroq eng asosiysi, 20 yildan ko'proq vaqt davomida qirollik divizionida mutlaq jahon chempioni bo'lmagan, endi bu erda eng yaxshi bokschi aniqlanadi. Tayson Fyuri va Entoni Joshua 2021 yilda ikki marta jang qilishga kelishib olishdi.
Ular bir-biridan farq qiladi. Entoni - boks bo'yicha etakchi, hamda namunali jangchi. Tayson - tizimga qarshi chiqadigan isyonchi. Biri aytgan har bir gapi uchun javob beradigan haqiqiy jentelmen, cigan esa hammani so'kib hurmatsizlik ko'rsatadi.
Joshua rejimga qatiy amal qiladi va to'g'ri ovqatlanadi. Fyuri - gamburger, pivo, viski, bazida esa narkotik moddalarning ishqibozi. Biri qo'pol kuch bilan, ikkinchisi aql bilan jang qiladi. SHu sabablar tufayli, bo'ladigan janglar qanday natija bilan tugashiga qaramay, unutilmaydigan bahs bo'lib qolishi aniq.
Joshua va Fyuri 2020 yil yozda jang uchun kelishgan edi. Biroq Aleksandir Usik halaqit berdi
Og'ir vazn toifasidagi ikki kuchli jangchi o'rtasidagi bahs 2020 yil iyunda aniq edi. Bu haqida tashkilot rahbari Eddi Xirn elon qilgan:
«Sezilarli yutuqlarga erishishga muvaffaq bo'ldik. Bizda hali qilinishi kerak bo'lgan ko'p ishlar bor. Jang vaqtini va joyini aniqlashtiryapmiz. Joshua hamda Fyuri jangning moliyaviy shartlariga rozi. Hal qilinishi lozim bo'lgan bazi narsalar borligi sababli, hali shartnoma imzolamadik. Bu Britaniya boksi tarixidagi eng yirik jang bo'ladi. Bizning avlod hech qachon bunday yuqori darajadagi bahsga guvoh bo'lmagan».
Bir nechta muammolar sabab shartnoma imzolanmadi. Birinchi sabab, Joshua Kubrat Pulevga qarshi jangda kamarini muvaffaqqiyatli himoya qilishi kerak edi va oxiri buni uddaladi.
Ikkinchidan, Fyuri Deontey Uaylder bilan uchinchi jangini o'tkazishi lozim edi, ammo "Lo'lilar qiroli" amerikalikning guruhini nohaq o'yinda ayblaganlar ko'pligi sabab jangni rad qildi.
Tomonlar oradan 9 oy o'tib kelishuvga erishishdi. Bu haqida yana Eddi Xirn malum qildi:
“Kelishuvni tasdiqlash kelasi oy elon qilinadi. Ikkala taraf ham bu qiyinchiliklarni engish uchun harakat qilishdi. Bizda raqib tashkilotlar va bokschilar bor edi. Eng qiyin vazifani uddaladik. So'nggi ikki oy davomida qattiq ishladik. Men bu buyuk jang bo'lishini, hamda uni sotish qiyin bo'lmasligini his qilyapman. Bizda Yaqin SHarq, Osiyo, SHarqiy Evropa va Amerika kabi sakkiz-to'qqizta hududdan takliflar bor edi.
Bu eng katta boks jangi va dunyodagi eng yirik sport tadbirlaridan biri bo'ladi. O'zini tanitmoqchi bo'lgan mamlakat uchun katta g'alaba keltiradi. Ular ikki xil shaxs, biri ikkinchisiga o'xshamaydi, shu sababli ham jangga tayyorgarlik qiziq bo'ladi. Tayson intelektual o'yinda juda yaxshi. Entoni etiborli. U dekabrda Kubrat Pulev bilan jangdan so'ng, butun diqqatini mashg'ulotlarga qaratdi. Joshua qafasdagi sherga o'xshaydi. Qarama-qarshilik shiddatli kechadi».
Bunday fikrlar Fyurining tashkilotchilaridan biri Frenk Uorrenga maqul kelmadi: “Biz shartnoma imzoladik, biroq bu haqida bir vaqtda elon qilishimiz kerak edi. Kecha to'satdan Joshuaning tashkiloti hammasini malum qildi. Biz norozimiz, ammo qo'limizdan endi hech narsa kelmaydi. Bundan tashqari, eng asosiysi - jang o'tkaziladigan hududni aytish qoldi. Biz buni hali qilmadik».
Kamar uchun jang tashkil qilishdagi asosiy muammo - birinchi og'ir vazndagi mutlaq jahon chempioni Aleksandir Usik. U Joshuaga tegishli bo'lgan WBO kamarining rasmiy davogari va ukrainalik bokschi rozi bo'lmasa, Joshua hamda Fyuri o'rtasida hech qanday jang bo'lmaydi.
Usikka kutish uchun 5 million dollar taklif qilinganligi haqida xabar berilgan edi. Aleksandr ko'plab intervyularida pul haqidagi savollarga javob berishdan qochgan.
“Qancha pul berishsa, kutishga rozi bo'laman? Aniq to'xtamga kelganim yo'q, ammo gaplashib ko'ramiz. Sportchi sifatida qaralsa, buni xohlamayman… Ko'plab muxlislar Tayson Fyuri va Entoni Joshua jangini ko'rishni istashadi.
O'zim bu jangni ko'rishni istayman, bu kamar uchun jang qilishim kerak, biroq meni beparvolik bilan chetlab o'tishmoqchi bo'lsa, jangga rozilik bermayman. Men muloqot qilishga tayyorman, ammo buni istashmasa, unda bularni huquqiy sohada hal qilinadi», - deb aytgan Usik.
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) 17 fevral kuni Jo Joys va Aleksandr Usik jangini vaqtinchalik WBO kamari uchun kechishini malum qildi. Joshua va Fyuri bahsining ilk jangi g'olibi WBO kamarini bo'sh qoldiradi, hamda kamar Joys - Usik bahsi g'olibiga taqdim etiladi.
Fyuri va Joshuaning gonarari 200 million funt sterlingni tashkil qilyapti, jang bir vaqtda to'rtta kanaldan efirga uzatiladi
Tashkilotchilarda jang vaqti va joyini aniqlash masalasi qoldi. Faqatgina dastlabki sanalar malum: birinchi jang iyun-iyul, revansh noyabr-dekabr oyida bo'ladi. Birinchi bahsni tashkil qilishda hali chalkashliklar ko'p. Tashkilotchilar bir vaqtning o'zida AQSH, Qatar, BAA, Singapur, Xitoy, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni hamda Rossiya kabi 8 davlatdan birini tanlashlari kerak.
Bu erda aniq favoritlar uchta arab mamlakati: BAA, Qatar va Saudiya Arabistoni. Ro'yhatdagilarning so'nggisi Joshua va Ruis revanshini tashkil qilib berishgandi. O'shanda ular hech kimni hafa qilmagan. Joshua bu jang uchun dahshatli 85 millon dollar ishlab olgan.
SHartnomaga ko'ra, bokschilarning har biri uchun kafolatlangan badal 100 million funt sterling yani 140 million dollarni tashkil etadi. Tarixda ikki bokschi Floyd Meyvezer va Menni Pakyo o'rtasidagi 2015 yil mayda bo'lgan bahsda shunday foydaga erishgan.
Telekanallar bilan bog'liq vaziyatlar yanada qiziq. Fyuri va Joshua Buyuk Britaniyada ham, AQSHda ham o'zlarining translyatorlariga ega. Entonida Sky Sports va DAZN, Fyurida BT Sport va ESPN. To'rtta translaciya bir vaqtnng o'zida bo'ladi, bu esa hech qachon sodir bo'lmagan.
Ilgari yirik janglar uchun ikkita raqobatchi kanal HBO va Showtime uchta jangni birgalikda namoyish qilishgan: Tayson - Lyuis, Meyvezer - Pakyao va Joshua - Klichko.
Fyuri va Joshua o'rtasidagi jang elon qilinganda, hamma etiborini shu bahsga qaratdi. "Lo'lilar qiroli" hozir Ispaniyada dam olmoqda:
“Men boshqa mashg'ulot qilmayman. Har qanday holda menga olti yoki etti hafta tayyorgarlik ko'rishimga etadi. Bodibilding bilan shug'ullanuvchi yigitni mag'lub qilish uchun men qattiq sparring janglari bilan shug'ullanishim shart emas».
Hozirda XXI asrning asosiy jangi bo'lishi kutilayotgan bahsning aprel oyida sana va joyining elon qilinishi kutilyapti.
Sports.ru sayti asosida Ozoda Qayumova tayyorladi
Fikrlar