05 sen 16:25
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/83885_220.jpg)
Fyuri va Povetkin o'rtasidagi jang uchun muzokaralar boshlandi
Rossiyalik sobiq jahon chempioni Aleksandr Povetkin navbatdagi jangini engilmas bokschi Tayson Fyuriga qarshi o'tkazishi mumkin.
Bu haqida uning menejeri Andrey Ryabinskiy malum qildi.
“Povetkin shu yildan yana bir bor ringga ko'tarilishiga harakat qilamiz. Agar Sasha bu yil jang qilmasa, katta ehtimol bilan keyingi yilning dastlabki choragida ringga qaytadi. Biz Fyuriga qarshi jang qilishni istaymiz. Muzokaralar allaqachon boshlanib ketgan, ammo yakun qanday bo'lishini hali bilmaymiz. SHunisi aniqki, Fyurining o'zi bu jangni istamoqda”,-dedi Ryabinskiy.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Povetkin so'ngi jangida Tayson Fyuri amakivachchasi Xyui Fyuri ustidan ochkolar hisobida g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar