27 jan 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri WBC chempioni Uaylderni ringga chorladi
Britaniyalik sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri (25-0, 18 KO) superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni amerikalik Deontey Uaylderni ringga chorladi.
Ikki bor ukrainalik Vladimir Klichko bilan o'tkazilishi kerak bo'lgan chempionlik janglarini bekor qilgan Fyurining endi yana chempion bo'lgisi kelyapti.
Ikki kun avval Tayson Fyuri faoliyatini 10 yildan keyin qayta boshlashi haqida intervyu bergandi. Endi esa britaniyalik bokschi fikrini o'zgartirib, chempion bilan jang o'tkazish istagida ekanligini malum qildi.
O'z o'rnida Deontey Uaylder (37-0, 36 KO) ham raqibsiz qoldi. Uning raqibi doping qabul qilganligi uchun fevral oyiga belgilangan jang bekor qilingandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar