27 sen 09:50
Yangiliklar

Fyurini chempionlik kamarlaridan mahrum qilishlari mumkin
Bir necha kun avval britaniyalik bokschi jarohatini ro'kach qilib, ikkinchi marotaba ukrainalik sobiq jahon chempioni Vladimir Klichkoga qarshi o'tkazilishi kerak bo'lgan revansh jangini bekor qilgandi.
WBA prezidenti Jilberto Mendosa bayonot berib, Butunjahon boks associaciyasi britaniyalik bokschini chempionlik kamaridan mahrum qilishi mumkinligini aytdi. Agar Fyuri tibbiy xulosa qayd etilgan hujjatni taqdim etmasa, u shu haftadayoq chempionlikdan mahrum qilinadi.
SHuningdek, WBO tashkiloti ham bokschidan chempionlik kamarini tortib olinishini malum qilgan. Agar amalda ham shunday bo'lib chiqsa, dekabr oyida Vladimir Klichko va Entoni Joshua o'rtasida ushbu chempionlik kamarlari uchun chempionlik jangi tashkil etiladi.
Fikrlar