11 mar 17:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyurining 160 kg vaznga ega ekanligi muammo tug'dirishi mumkinmi?
Og'ir vaznda sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri o'z vazni haqida tvitterda xabar qoldirdi.
"Mening vaznim og'irligi haqidagi gaplarga: ayni paytda men 350 funtman. Lekin, o'zimga kelib olish muammo emas. Buni Piter Fyuridan ham so'rashingiz mumkin. Biz bu ishni 24 marotaba qilganmiz", - deydi u.
Eslatib o'tamiz, 350 funt - 158,7 kg ga teng. Bokschining bo'yi esa 206 sm ni tashkil qiladi.
Fyurining eng og'ir ko'rsatkichi Joi Abelga qarshi jangda bo'lgan - 124 kg. Eng so'nggi, Klichkoga qarshi o'tkazgan jangida esa Tayson Fyuri 112 kg vaznga ega edi.
Havola :
Manba : twitter.com/Tyson_Fury
Fikrlar