03 sen 11:20
Yangiliklar

Fyurining otasi: Tayson Joshua bilan dekabrda jang qilishni xohlaydi
Katta Fyurining so'zlariga ko'ra, Tayson Entoni Joshua bilan 2021 yilning dekabr oyida jang qilmoqchi.
"Tayson anchadan beri jang qilmadi. Deontey Uaylder ham shunday. Ammo, men Taysonning kayfiyatini, tayyorgarligini ko'ryapman. U Uaylder bilan to'rt raundning o'zida masalani hal qiladi. SHundan so'ng, biroz dam olib, Joshua bilan jangga tayyorlanishni boshlaydi.
Tayson Joshua bilan dekabr oyida jang qilishni xohlayapti. Biz 2021 yilning dekabr oyida jang qilishni istaymiz, sababi Deontey Uaylderda hech qanday xafv ko'rmayapmiz. Fyuri hammasini to'g'ri qilsa, hech qanday muammo bo'lmaydi. Tayson uni ikki marta mag'lub qilib bo'lgan, endigi safar qo'g'irchoqdek kaltaklasa bo'lgani", - dedi Jon Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri va Deontey Uaylder o'rtasidagi jang 9 oktyabr kuni Las-Vegasda o'tkaziladi.
Fikrlar