08 jan 10:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyurining promouteri Uaylder bilan muzokara haqida malumot berdi
Britaniyalik sobiq jahon chempioni Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren WBC chempioni Deontey Uaylder bilan olib borayotgan muzokarasi haqida malumot berdi.
Uorren VVS kanaliga bergan intervyusida Uaylderning menejeri SHelli Finkel bilan gaplashgani, lekin muzokara jarayoni juda sust ketayotganini alohida urg'uladi.
“Finkel bilan revansh jangi yuzasidan muzokara olib boryapman. Tayson Fyuriga jangning qaerda, qachon va kimga qarshi o'tkazilishining ahamiyati yo'q. Uni hamma erda tanishadi va Fyuri jang qilgan oqshomda arena muxlislar bilan to'ladi”, - dedi Uorren.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar