09 apr 08:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyurining promouteri Uaytni shartnoma shartlarini buzganlikda ayblamoqda
Mashhur promouter Frenk Uorren mijozi Tayson Fyurining Dillian Uaytga qarshi jangi haqida gapirdi.
Uning so'zlariga ko'ra Uayt shartnoma majburiyatlarini bajarmayapti.
"SHartnoma fevral oyida imzolangan. Unda Dillian uchun ham, biz uchun ham malum majburiyat bor. Jangchi avvalo o'z ishini bajarishi kerak. U shartnoma shartlarini buzmoqda
Bizni Britaniyada ajoyib jang kutmoqda. Bu tarixdagi eng katta to'qnashuvga aylanadi. Dillian buning bir qismi bo'lishi va barchasida ishtirok etishi kerak.
Ilgari u har bir jangi oldidan matbuot anjumanlarida qatnashgan. Fyuri bilan jang qilish uchun u hech narsa qilmadi", - deya Frenk Uorrenning so'zlarini keltiradi DAZN.
Eslatib o'tamiz, Fyuri - Uayt jangi 23 aprel kuni Londondagi (Buyuk Britaniya) "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar