14 mar 09:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyurining raqibi kolumbiyalik bokschi bo'lishi aytildi
Superog'ir vazn toifasida engilmas sobiq jahon chempioni Tayson Fyurining jangi iyun oyida o'tkaziladi.
Britaniyalik bokschi taniqli promouter Bob Arum hamda ESPN telekanali bilan hamkorlikdagi ilk jangini 8 iyun kuni o'tkazadi, deb xabar bermoqda BoxingTalk. Nashr xabariga ko'ra, katta ehtimol bilan Fyurining raqibi Oskar Rivas (26-0, 18 KO) bo'ladi.
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan kolumbiyalik bokschi 2008 yilgi Olimpiada ishtirokchisi hisoblanadi. Pekinda o'tgan o'sha olimpiya o'yinlarida u chorak finalga qadar etib borgan edi. Rivas shu yilning yanvar oyida amerikalik Brayant Jenningsni nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar