27 apr 08:28
Yangiliklar
Futbol
"Galatasaray" Istanbul derbisida "Fenerbaxche"ni yirik hisobda mag'lub etdi + VIDEO
Turkiya Superligasining 31-tur doirasidagi "Galatasaroy" - "Fenerbaxche" o'yini bo'lib o'tdi.
“Galatasaroy” o'z uyida “Fenerbaxche”ni yirik 3:0 hisobida mag'lub etdi. Gollarga Viktor Osimxen (40-daqiqa), Burak Yilmaz (67, penalti) va Lukas Torreyra (83) mualliflik qildi. Qayd etish kerakki, “Fenerbaxche” safida Taliska 14-daqiqada penaltidan unumli foydalana olmadi. Bundan tashqari, mehmonlar posboni Ederson 62-daqiqada maydondan chetlatildi.
“Galatasaroy” Turkiya chempionatida 31 ta o'yindan so'ng 74 ochko bilan etakchilik qilmoqda, ikkinchi o'rindagi “Fenerbaxche” 67 ochko (31 ta o'yin) jamg'argan. Uchlikni esa 30 o'yinda 65 ochko jamg'argan “Trabzonspor” yakunlab bermoqda.


Havola :
Fikrlar