So’nggi yangiliklar

16:12ЖЧ-2026. Энг кўп мухлис қайси ўйинга тушди? 0 15:40ИНТЕРВЬЮ. Боксдан ММАга ўтган қизалоқ Махлиё Хабибуллаева 0 14:27Фирибгарликда айбланган GFL Лигаси яна қайтаётганини эълон қилди. Илк турнирнинг марказий жанги Тони Фергюсон иштирокида ўтади 0 13:53Икки нафар конкурчимиз жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди 0 13:28Бугун хет-трик қайд этган Дэвид 60 йилдан сўнг ушбу натижага эришган илк футболчи бўлди 0 12:59UFC Хитойга қайтмоқда (ПОСТЕР) 0 12:28Синдаров рапид Жаҳон чемпионатида Магнус Карлсенни қора доналарда мағлуб этди 0 11:56Достон Бозоров АҚШ визасини қўлга киритди + ВИДЕО 0 11:27Швейцария ва Босния ўртасидаги ўйинда тарихда юз бермаган ҳолат содир бўлди 0 10:53Оқ уйдаги UFC турнирига эҳтимолий ҳужумнинг олдини олинди 0 10:14UFC 330 турнири кардига даъвогарлик жанги қўшилди 0 09:39Бир жанг тарихи: Руслан Чагаев vs Владимир Кличко! 0 09:02ЖЧ-2026. Кореяни мағлуб этган Мексика плей-офф масаласини ҳал қилди 0 08:3647 ёшли Луис Ортис икки ҳафтада икки рақибини муддатидан аввал мағлуб этди 0 08:01Илия Топурия ва Жастин Гэтжи олти ойга четлатилди 0

03 sen 11:53
Yangiliklar

Boks/MMA

Gamburgga bormagan Do'smatovning murabbiyi Hasanboy haqida nima dedi?

Germaniyaning Gamburg shahri mezbonlik qilgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida Hasanboy Do'smatov hakamlar qarori qurboniga aylanib, kumush medal bilan cheklangan edi.

Hasanboyni Andijon Olimpiya zaxiralari kollejidan to Olimpiada chempioni bo'lgunga qadar tarbiyalagan shaxsiy murabbiyi Ziyatdinbek Toygonboev viza bilan bog'liq muammo sabab Germaniyaga bora olmadi.

Bilmadik, bu hakamlar Toyg'onboev Hasanning yonida bo'lganida ham baribir o'z ishlarini qilishlari mumkin edi. Lekin bilganimiz Do'smatovning shaxsiy murabbiyi Germaniyada ikki haftadan oshiq davom etgan so'nggi o'quv-mashg'ulot yig'inida ham, jahon chempionatida ham shogirdining yonida bo'lmadi.  


Biz murabbiydan shogirdining finaldagi jangi va umuman charm qo'lqop ustalarimizning jahon chempionatidagi ishtiroki yuzasidan intervyu oldik.

- Ziyatdinbek aka, jahon chempionatiga bormasligingizga nima sabab bo'ldi?

- Afsuski, muhim pallada shogirdimning yonida bo'la olmadim. Bunga viza ololmaganim sabab bo'ldi. Fuqarosi bo'lmagan shaxsga viza berish masalasi juda ham qiyin ekan. Viza taqdim etish jarayoni cho'zilib ketishi natijasida bunga ulgurolmadim. Tabiiyki, buning natijasida Gamburg shahrida o'tkazilgan 20 kunlik o'quv-mashg'ulot yig'inidan ham chetda qoldim. Balki, borganimda yaxshi bo'larmidi? O'ylashimcha, shaxsiy murabbiy bunday katta nufuzdagi musobaqalarda shogirdining yonida bo'lishi kerak. Nihoyat, kecha menga O'zbekiston fuqarosi degan pasport berishdi. Endi hammasi yaxshi bo'ladi.


- Hasanboyning final jangi haqida nima deysiz?

- SHogirdim jangni o'z foydasiga hal qilgan edi. Hakamlar nohaqlik qilishdi.

- Jang oldidan qanday ko'rsatma bergan edingiz?

- Jang oldidan beriladigan ko'rsatma bilan bevosita jang ketayotganda beriladigan ko'rsatma o'rtasida katta farq bor. Vaziyatni ko'ra bila turib, shogirdingizga taktikani o'zgartirish haqida gapirasiz. Kubalik bokschini pressingda ushlab turish, raqibga bir kirganda 2-3ta zarba berib, himoyaga qaytish kerakligini aytgandim. Raqibga ko'p bosim uyushtirsa, kubalik shuncha tez charchab, o'zini nazorat qila olmay qolardi. Final jangida g'alaba qozondik, lekin Hasanboyga qarshi ovoz bergan 3 nafar hakam yaxshi ish qilishmadi. Hech bo'lmasa ularning biri bizga haqqoniy g'alabani taqdim etganida, Hasanboy Germaniyadan oltin medal bilan qaytardi.


- Jahon chempionatidagi umumiy ishtirokimiz haqida nima deysiz?

- Umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashimiz kerak edi. Hasanboydan tashqari, 52, 75 va 81 kg vazn toifalaridagi bokschilarimiz ham chempion bo'lishga haqli edilar. Lekin umumjamoa hisobida ikkinchi o'rin ham yomon natijasi emas. 

Reyting: +2   

Fikrlar

   
03 sen 14:55:32
Aslanbek
Зиятдинбек ака паспорт, фуқаролик муборак бўлсин. Сиз билан Хасанбойдан хали юксак натижалар кутамиз. Хали олдинда бошқа нуфузли мусобақалар олимпиада ўйинлари турибди. Хасанбой учун хаммаси олдинда. Амалда Хасанбой жахонда тенгсиз боксчи. Хақиқий чемпион Хасанбой. Қора таппи Аргилагос бумажный чемпион. У ифлосга ўхшаб расмиятчиликка бумажный чемпион бўлгандан кўра, хеч қандай унвонсиз оддий боксчи бўлиб юриш шарафлироқ.
   
03 sen 14:50:27
Aslanbek
Зиятдинбек ака паспорт, фуқаролик муборак бўлсин. Сиз билан Хасанбойдан хали юксак натижалар кутамиз. Хали олдинда бошқа нуфузли мусобақалар олимпиада ўйинлари турибди. Хасанбой учун хаммаси олдинда. Амалда Хасанбой
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing