27 noy 16:27
Yangiliklar

Gandbol. Qizlarimiz Hindistonga mag'lub bo'lishdi
Koreyada gandbol bo'yicha ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi tur bahslari o'tkazilmoqda.
Bugun hamyurtlarimiz Hindiston terma jamoasiga qarshi maydonga chiqishdi. Afsuski, bu bellashuvda ham qizlarimiz imkoniyatni boy berib qo'ydilar. Ushbu mag'lubiyatdan so'ng yurtdoshlarimiz yarim final yo'llanmasi uchun kurashdan chiqishdi. Endi bor etibor 5-o'rin uchun bahslarga qaratiladi. Navbatdagi o'yin ertaga mezbonlarga qarshi o'tishi belgilangan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar