16 sen 12:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Garsiya va Turman birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkazishlari mumkin
Malumotlarga qaraganda, professional boksning yarim o'rta vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Denni Garsiya hamda WBA chempioni Kit Turman o'zaro jang o'tkazishlari mumkin.
Ushbu birlashtiruvchi chempionlik jangining 2017 yilda o'tkazilishi kutilmoqda. Bo'lajak jang oldidan Garsiya shu yilning o'zida bitta jang o'tkazishi kerak. Katta ehtimol bilan raqib Jon Molina bo'ladi.
Garsiya so'nggi jangini yanvar oyida o'tkazgan bo'lib, o'shanda Robert Gerreroni mag'lubiyatga uchratgandi. Turman esa iyun oyida SHon Porterni taslim etib, chempionlik kamarini himoya qilgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar